Farg‘ona shahrida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida tadbirlar boshlandi





Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida shahardagi “Yoshlar” mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat oldi yigʻilishi tashkil etildi.
Yigʻilishda, Farg‘ona shahar hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, tibbiyot xodimlari, tashkilot va idoralar mas’ullari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi
Haftalik davomida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinib, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar.







