Chop etilishi lozim bo’lgan axborot materiallari ro’yxati
Farg‘ona shahar hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi e’lon qilinishi (chop etilishi) lozim bo‘lgan axborot materiallari ro’yxati
1.Shahar hokimligining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar.
2. Shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3.Shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilayotgan qarorlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
5. Shahar hokimligi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
6.Shahar hokimligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
7.Shahar hokimligining jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
8. Amalga oshirilishi da Shahar hokimligi ishtirok etayotgan o‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
9. Chorak hamda yil yakunlari bo‘yicha viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur'atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
10.Shahar hokimligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
11. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
12. Shahar hokimligi tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Shahar hokimligida o’tkaziladigan chorak yakunlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi, xalq deputatlari Kengashi sessiyalari (ochiq majlislari)ni o’tkazish rejalar, shu jumladan yig‘ilishlarning kun tartibi.