Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

262026-02-16 21:59

Farg'ona shahridagi 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131287350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131288545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131290935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131292130.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131293325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131294520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131294520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116657131295715.jpg

Bugun shahrimizdagi 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq ta’mirdan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda ta’lim muassasasi jamoasi ishtirok etdi. Mehmonlar yangilangan bino va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur bino 1932-yilda qurilgan bo‘lib, 1968-yilda 90 nafar bolani qabul qilishga moslashtirilgan edi. Bugungi kunda esa muassasa
120 oʻrinli qilib qayta tamirdan chiqarildi. Amalga oshirilgan mukammal ta’mirlash ishlari natijasida bog‘cha zamonaviy va qulay maskanga aylandi.

Bolajonlarimizga munosib ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Farg‘ona Issiqlik Ta’mir korxonasi homiylik yordami ko‘rsatdi. Ta’mirlash ishlari bilan bir qatorda bolajonlar uchun karavotlar, kiyim shkaflari, bolalar stulchalari, ovqatlanish va faollar zali uchun stol va stullar sovg‘a qilindi:

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz