Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

142026-02-12 22:46

Viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Axmedov hamda shahar hokimi Xitoylik investor Chi Lu xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116247495043330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116247495045720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116247495046915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2116247495046915.jpg

Uchrashuv davomida investor tomonidan Farg‘ona shahrida turizm yo‘nalishida amaliy ishlarni olib borish, shahar ko‘chalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha taklif etilgan loyihalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi. Xususan, ko‘chalarni sharqona va milliy ruhda bezatish, yo‘l yoqalarida aholi uchun qulay dam olish zonalarini tashkil etish, xitoy va milliy restoranlar qurish, interaktiv hamda yorug‘ ko‘chalarni barpo etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Investor tomonidan mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun
25 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritish bo‘yicha taklif bildirildi.

Shahar hokimi o‘z navbatida O‘zbekistonda yer ajratish tartiblari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz