Farg‘ona shahridagi Markaziy dehqon bozorida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Farg‘ona shahri hokimi hamda mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida shahardagi Markaziy dehqon bozoriga tashrif buyurildi. Tashrif davomida bozorda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo jarayonlari va xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha o‘rganildi.
Mutasaddilar tomonidan savdo rastalarining holati, sanitariya talablari, narx-navoning barqarorligi hamda xaridorlar uchun qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
O‘rganish jarayonida tadbirkorlar tomonidan “Paynet Holis” tizimidan samarali foydalanilayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirish, savdo jarayonlarini shaffof yuritish va hisob-kitoblarni tartibli olib borish imkoniyati yaratilgani qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Farg‘ona shahrida tashabbusli budjet bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.




