Fargʻona shahar hokimi Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti vakili Thomas Stellmach boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.




Uchrashuv davomida shahar hokimi Germaniya davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar shahar ko‘chalarini yanada jozibador qilish, zamonaviy va ekologik talablarga javob beradigan bosh reja ishlab chiqishda Germaniya tajribasini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, hokimlik xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish taklif etildi.
Shahar hokimi ushbu takliflarni ma’qullab, mahalla va hokimlik tizimidagi tashkilotlar uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazish, pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish, yashil energetikani rivojlantirish hamda mini GESlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko'rib chiqish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona shahridagi Markaziy dehqon bozorida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi


Farg‘ona shahrida tashabbusli budjet bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.




