#TAYINLOV

Berdiqulov Anvarjon Xojimatovich Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Anvarjon Berdiqulov 1990-yilda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2024-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Farg‘ona shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Farg‘ona shahar hokimligi jamoasi Anvarjon Berdiqulovni yangi mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi


Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.






