Ma'muriy-hududiy tuzilishi
Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining janub qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
Aholisi:
321.8
Maydoni:
95 kv.km
Tashkil topgan yil:
1877 yil
Rasmiy vebsayti:
www.fargona.uz
Sanoatning asosiy tarmoqlari:
yoqilgʻi (neftni yengil qayta ishlash), sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:
-