Farg‘ona shahrida mahalla yettiligi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Farg‘ona shahar hokimi, shahar hududidagi huquq-tartibot organlari rahbarlari, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.
Seminar davomida qarorda belgilab berilgan vazifalarni joylarda samarali tashkil etish, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, aholi o‘rtasida xavfsiz muhitni yaratish, ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va ularni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar 2025 yil davomida shahar miqyosida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga to‘xtalib, mahalla yettiligining ushbu yo‘nalishdagi o‘rni va mas’uliyati yanada oshirilayotganini ta’kidladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar.






