Fargʻona shahar hokimi Turkiyaning “Bayindir” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.



Fargʻona shahar hokimi Turkiyaning “Bayindir” kompaniyasi rahbari Ismoil Hakki boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Fargʻona shahrida issiqxonalar qurish va ularda mahalliy iqlimga mos gullar yetishtirish, Turkiyadan iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha uskunalar ishlab chiqarish, plastik materiallardan maxsus bolalar o‘yingohlarini tayyorlash va o‘rnatish, shahar hududlarini obodonlashtirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda, shuningdek, shahardagi
A.Qodiriy mavzesida joylashgan soy yoqalari bo‘ylab zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash masalalari ham muhokama etildi.
Tomonlar kelgusida ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona shahrida mahalla faollari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.





