Fargʻona shahar hokimi Turkiyaning “Kemaldis” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi



Fargʻona shahar hokimi Turkiyaning “Kemaldis” kompaniyasi rahbari Oʻzgur Sari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan Fargʻona shahrida tibbiyot jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida shaharda mavjud boʻsh turgan bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, qulayliklar hamda investitsion muhit haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tomonlar kelgusida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘ona shahridagi Markaziy dehqon bozorida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi


Farg‘ona shahrida tashabbusli budjet bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.




