“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA.








🌳 Farg‘ona shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugun shahardagi "Istiqlol" stadioni atrofi yana bir bor obodonlashtirish tadbirlariga mezbonlik qildi. Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston bogʻini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti” xodimlari faol ishtirok etib, hududni yanada yashil maskanga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
🌱 Tadbir doirasida stadion atrofidagi yo‘l yoqalariga turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu amaliy ishlar nafaqat hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi.
Aholi va yoshlarni ham ushbu xayrli tashabbusga qo‘shilish, yashil makonlarni ko‘paytirishga o‘z ulushini qo‘shishga chaqiramiz.
🌿 Birgalikda yashil va obod Farg‘onani barpo etamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Farg‘ona shahridagi Markaziy dehqon bozorida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi


Farg‘ona shahrida tashabbusli budjet bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.




