Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

312025-11-05 19:45

Farg‘onada ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947639405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947641795.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947642990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947644185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947644185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947644185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947645380.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012947645380.jpg

Farg‘ona shahar hokimligida 2025 yil davomida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish yo‘nalishida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda shahar hokimligi vakillari, jamoatchilik faollari, nuroniylar hamda yarashtiruv komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. Tadbir avvalida “Ota” nomli qisqa metrajli film namoyish etildi.

So‘zga chiqqanlar ajrimlarning oqibatlari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va nizoli holatlarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’ruza qilishdi.

Hisobot davrida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan jami 236 ta ajrim yoqasidagi oila bilan ishlanib, ularning har biri individual tarzda o‘rganildi. Komissiya faoliyatida shahar imomlari, otinoyilar, nuroniylar jamiyati a’zolari, oqila ayollar harakati vakillari, shuningdek adliya va FHDYO organlari mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Natijada, ko‘rib chiqilgan 236 ta masalaning 204 tasida nizolar tinch yo‘l bilan hal etilib, o‘sha oilalar ajrashib ketishdan saqlab qolindi. Bu esa umumiy murojaatlarning qariyb 86 foizi ijobiy hal etilganini ko‘rsatadi. Qolgan holatlar bo‘yicha esa huquqiy va psixologik ko‘mak ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida Farg‘ona shahrida “Oila va xotin-qizlar maskani” tashkil etilgan. Shu maskanda 9 oy davomida 668 nafar nikohlanayotgan yoshlar maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib, oilaviy hayotning muhim jihatlari bilan tanishdilar.

🕊 Oilaviy qadriyatlarni asraylik, totuvlik va mehr-oqibatni mustahkamlaylik!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz