Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

312025-11-05 19:43

Farg‘onada “Yashil makon” loyihasining yangi mavsumi boshlandi!

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793404340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793416290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793417485.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793417485.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793418680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793419875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793419875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2106012793421070.jpg

Bugun Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” mavzesi “EKO shahar” hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi yurtimizni obod va yashil maskanga aylantirishda, atrof-muhit musaffoligini saqlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, ko‘chat ekish bugungi kunda umummilliy harakatga aylangani, har bir fuqaro bu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shayotgani qayd etildi.

Tadbirda shahar hokimligi vakillari, mutasaddi idoralar, nuroniylar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.

“Yashil makon” — kelajagimiz uchun yashil meros!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz