Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

8692025-03-26 22:43

Viloyat hokimi yosh shaxmatchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010897685.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010919625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010926446.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010930483.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010937099.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010940951.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010950488.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010954740.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010961450.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743010967161.jpg

Viloyat hokimi, O‘zbekiston shaxmat federasiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi raisi Xayrullo Bozorov yosh shaxmatchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari, boshqarma va shaxmat klublari rahbarlari hamda murabbiylar ishtirok etgan tadbirda viloyatda shaxmatni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi. Ushbu yo‘nalishdagi taklif va mulohazalar eshitildi.

Ta‘kidlandiki, viloyatda 4 ta shaxmat klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Sport maktablari qoshida 11 ta, mahalla guzarlarida 503 ta hamda 955 ta umumta‘lim maktablarida bepul shaxmat to‘garaklari tashkil etilgan, ular 20 ming nafardan ortiq aholiga shaxmat bilan shug‘ullanish imkoniyatini bermoqda.

Uchrashuvda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda sportning barcha turlari qatori shaxmatni rivojlantirishga ham katta e‘tibor qaratilayotganligini bildirdi. Kuchli, bilimli, iqtidorli yoshlar ko‘pligi, ularni moddiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mukinligini aniq misollar yordamida aytib o‘tdi.

Yoshlarimiz tomirida Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi ulug‘ allomalarimiz qoni oqib turganligi va ularga munosib avlodlar kamolga etayotganligi faxr bilan tilga olindi.

“Yaxshi niyat - yarim davlat. Katta maqsadlarni niyat qilish kerak”, - dedi viloyat rahbari va shundagina buyuk shaxmatchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Tadbirda ota-onalar ham o‘z fikr-mulohazalarini, e‘tibordan xursand ekanliklarini mamnuniyat bilan ta‘kidladilar.

Yakunda Respublika va xalqaro musobaqalarda faol ishtiroki va erishgan yuqori natijalari uchun shaxmatchilarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz