“Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar ro‘yxati e‘lon qilindi

“Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e‘lon qilindi. Jarayonlarda tumanimiz bo‘ylab jami 61 ming 866 ta ovoz berildi.
✅ Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 22,03 mlrd. so‘mlik 16 ta loyiha g‘olib deb topildi!
Tanlov natijalari bilan shu erda tanishishingiz mumkin.
🏆 G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan tanishing:
▪️ “O‘zbekiston” MFY (4580 ta ovoz) – Uzumzor, Olmos va Qomus ko‘chalarini asfaltlashtirish;
▪️ Tibbiyot birlashmasi (4371 ta ovoz) – Jixozlarni yangilash;
▪️ “Oqbilol” MFY (4142 ta ovoz) – Yoshlarobod, Salohiyat, Kichik bog‘, Sado, Sohibkor, Shifo, Giloszor ko‘chalarini asfaltlashtirish;
▪️ 30-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (3996 ta ovoz) – Jihozlash;
▪️ 15-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (3850 ta ovoz) – Maktab uchun qo‘shimcha bino qurish;
▪️ 4-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (3591 ta ovoz) – Jihozlash;
▪️ “Dehqonobod” MFY (3354 ta ovoz) – Mahallani toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash;
▪️ 2-sonli kasb-hunar maktabi (3196 ta ovoz) – Binoni ta‘mirlash;
▪️ “Kaptarxona” OShP (3126 ta ovoz) – Qo‘shimcha bino qurish;
▪️ 39-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (3018 ta ovoz) – Maktabni ta‘mirlash;
▪️ 13-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (3010 ta ovoz) – Jihozlash;
▪️ 38-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi (2922 ta ovoz) – Maktabni ta‘mirlash;
▪️ “Konchilar” MFY (2771 ta ovoz) – 350 ta simyog‘ochlarni yangilash, 2 ta TP o‘rnatish, 5 km eski tarmoqni yangilash;
▪️ Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi (2638 ta ovoz) – Jihozlash;
▪️ 1-sonli kasb-hunar maktabi (2610 ta ovoz) – Binoni ta‘mirlash;
▪️ Farg‘ona transport va servis texnikumi (2478 ta ovoz) – Binoni ta‘mirlash.
📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!
tashabbusli_budjet open_budget
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi