Farg‘ona shahrida “Sobir buloq” MFY yangi binosi qurilishi bilan tanishildi





Farg‘ona shahar hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda shahardagi “Sobir buloq” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda ob’ektning zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etilishi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan qurilish sifatini ta’minlash, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda mahalla aholisiga qulaylik yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yangi bino foydalanishga topshirilgach, fuqarolar uchun keng va qulay xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi. Tashrif yakunida tegishli mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
“E-AUKSION” — OCHIQ VA SHAFFOF SAVDO TIZIMI: FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi




