Farg‘onada Yoshlar kuniga bag‘ishlangan sayyor qabul: yoshlar bandligi va tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar






Farg‘ona shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan aholining faol qatlami bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu tadbir shahar hokimi, shahar prokurori, “Aloqa bank” rahbari hamda shahar Soliq inspeksiyasi rahbari hamkorligida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar, o‘z biznesini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatdan qaytib, ish bilan ta’minlanish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan murojaatlarga tegishli masullar biriktirilib ijrosi nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”

Farg‘ona shahrida “Sobir buloq” MFY yangi binosi qurilishi bilan tanishildi
“E-AUKSION” — OCHIQ VA SHAFFOF SAVDO TIZIMI: FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA






