Yoshlar kuni munosabati bilan shahar hokimi, shahar prokurori hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida bo‘ldi.








Tashrif davomida maktab faoliyati bilan tanishilib, yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Rasmiylar o‘qituvchilar bilan suhbat olib borib, ta’lim jarayoni, erishilayotgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ular o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning iste’dodi va salohiyatini yuqori baholadilar.
Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda o‘quvchilarga kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi







