Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

892025-09-25 22:43

32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan "Jasorat maktabi"ga sinov asosida qabul qilingan 26 nafar o‘quvchining “Tantanali va’da” berish tadbiri o‘tkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538408235.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538413015.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538414210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538415405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538418990.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538420185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538422575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2101792538423770.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq, Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan "Jasorat maktabi"ga sinov asosida qabul qilingan 26 nafar o‘quvchining “Tantanali va’da” berish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A. Rashidov, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, shahar hokimligi, shahar maktablari rahbar o'rinbosarlari, “Temurbeklar” harbiy-akademik litseyi kursantlari, ShHQ bayroqdor guruhi va harbiy orkestri ishtirok etdi.

"Jasorat maktabi" o‘quvchilari ona yurtga sadoqat, Vatanni sevish va bilim olishga jiddiy yondashish bo‘yicha jamoatchilik va ota-onalar qarshisida tantanali va’da berdilar.

Tadbirda “Temurbeklar maktabi” kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarga katta ruh bag‘ishladi va tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz