Ziyoratchilarimiz “Said Ahmad hoji” jome masjidida kutib olindi.








Davlatimiz rahbarining tashabbusi, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar tufayli bugun minglab vatandoshlarimiz o‘z farzlarini emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda.
Bu borada ularga davlatimiz tomonidan juda katta amaliy yordam ko‘rsatilmoqda, qulay sharoit yaratib berilmokda.
Bir oy avval malakali guruh rahbarlari, tajribali ishchi guruh va shifokorlar hamrohligida 63 nafar Dang‘araliklar Xaj amallarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishgan edi.
Bugun tuman hokimligi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, imom xatiblar, tuman faollari va boshqa bir qancha kutib oluvchilar ishtirokida ziyoratchilarimiz “Said Ahmad hoji” jome masjidida kutib olindi.
Ziyoratchilarimiz mamlakatimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, yurtimiz ravnaqi va tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun duolar qilishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda


Ta’mirlash ishlari olib borildi

"Vodiy gavhari"da yana bir quvnoq tong!


Quvasoyda zamonaviy “Workout” sport maydonchasi foydalanishga topshirildi