Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

252025-06-25 18:26

Quvasoy shahrida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, loyihalar tashkil etilmoqda.

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283898810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283901200.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283903590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283907175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283909565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283911955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283913150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2092275283915540.jpg



Giyohvandlik — bu nafaqat bir insonning, balki butun oilaning, jamiyatning, hatto millatning kelajagini xavf ostiga qo‘yuvchi yashirin xavfdir. U inson salomatligini asta-sekin yemirib, ongni asir etadi, orzularni so‘ndiradi va imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi.

Bugun butun dunyo oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri — yosh avlodni bu illatdan asrash, giyohvandlikka qarshi kurashishda faqat huquqiy emas, balki ma’naviy immunitetni shakllantirishdir. Zero, sog‘lom jamiyat — bu sog‘lom fikrli, maqsadli va ongli insonlardan boshlanadi.

🟢Quvasoy shahar H.Olimjon MFY hududidagi maydonda ayni shu mavzu bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tashabbusda faol yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etib, aholiga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushunchalar berildi va maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

🎥Tadbir so‘ngida shahar aholisiga xush kayfiyat ulashish maqsadida Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz