"Vodiy gavhari"da yana bir quvnoq tong!








#Dolzarb_90_kun
📢 "Vodiy gavhari"da yana bir quvnoq tong!
🌈Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida bolalar ta’til davrini maroqli va mazmunli o‘tkazishmoqda. Bolajonlarning har kungi mashg‘ulotlari qiziqarli voqealarga boy bo‘lishini istaydilar.
✅Kutilganidek, oromgohda o‘zgacha kun! – “Ofitserlar bilan uchrashuv”.
➡️Sharqiy-harbiy okrug qo‘shinlari Qo‘mondonligi ofitserlari, professor-o‘qituvchilar va mehnat faxriylari ishtirokida bolajonlar bilan suhbat tashkil etildi.
🇺🇿Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarning iqtidorlarini namoyon etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy kasbning nufuzi va mas’uliyati xususida fikr bildirdilar.
🌞O‘tkazilgan uchrashuv bolalarga motivatsiya, g‘ayrat va harbiy sohaga qiziqish bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




