“Oilalarni mustahkamlashda “Oqila ayollar” harakatining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi





Quvasoy shahar hokimligida “Oilalarni mustahkamlashda “Oqila ayollar” harakatining o‘rni” mavzysuda davra suhbati o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati targ‘ibot guruhi rahbari S.Alimova, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning viloyat bo‘limi mutaxassisi D.G‘ofurova, viloyat bosh otinoyisi X.Maxmudova, Quvasoy shahar mahallalaridagi xotin-qizlar faollari, otinoyilar, oqila ayollar, ko‘cha boshilar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi Maxkamova Zulayho Baxriddinovna tomonidan “Oqila ayollar” harakati a’zolariga yo‘llangan murojaat ishtirokchilarga o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarni kasb-hunarga qiziqtirish, bandligini ta’minlash, kiyinish madaniyati, milliy urf- odatlarimiz, xotin-qizlar o‘rtasida diniy ta’lim olish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik mavzularida keng tushuntirishlar berilib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




