Ta’mirlash ishlari olib borildi




❕Ta’mirlash ishlari olib borildi
Yo‘l ta’mirlash - bu bizning kundalik hayotimizni yaxshilashga qaratilgan muhim jarayondir. Yo‘llarimizni ta’mirlash orqali biz xavfsizlikni oshiramiz, transport oqimini yaxshilaymiz va shahrimizning go‘zalligini saqlaymiz.
📍Quvasoy shahar Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ana shu kabi muhim vazifalardan biri bo‘lgan umumfoydalanuvdagi mahalliy D089 Quvasoy-Farg‘ona – Qirg‘iziston-Qizilqiya chegarasi avtomobil yo‘lining 20-21 km qismida qish mavsumidan so‘ng hosil bo‘lgan chuqur-chanoqlarni ta’mirlash ishlari olib borildi.
✅Xususan, yo‘llarning baland-past joylari maxsus texnika vositalari yordamida ta’mirlanib, 1000 kv metrga yaqin yo‘l qismi sifatli holatda asfaltlashtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




