Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini realizatsiya qilish tartib-tamoyillari

Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish borasida so’ngi yillarda bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2021-yil 15-noyabrdagi “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 728-sonli Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni shular jumlasidan.
Mazkur Qonun va Farmonlar yuzasidan 2022-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan yer uchastkalari e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali inson omili aralashuvisiz, to’liq elektron tartibda realizatsiya qilinmoqda.
Yer uchastkalarini auksionga chiqarish bo’yicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari buyurtmachi hisoblanadi. Shu bilan birga tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi va filial bilan birgalikda 10 ish kunida hududlar va aholi punktlari master-reja va shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi. “Yerelektron” AATga kiritilgan yer uchastkalari bir qator tegishli tashkilotlardan ijobiy xulosa berilganidan so’ng buyurtmachi tomonidan yer uchastkasi E-auksionga yuboriladi. Kelib tushgan buyurtma operator tomonidan ko’rib chiqilib, savdoga chiqariladi.
Ayni paytda “E-auksion” elektron savdo platformasida Farg‘ona viloyatidan 1 400 dan ortiq yer uchastkalari savdoda turibdi. Istagan shaxslar savdolarda qatnashish uchun Platformadan roʻyxatdan oʻtishi va talab etilgan miqdordagi zakalat pulini kiritgan holda onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishi mumkin.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
Farg‘ona viloyati vakiligi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz









