Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi








Yoshlar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda shahar hokimi yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning kelajak rejalari, orzu-maqsadlari hamda tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan turli innovatsion g‘oyalar va loyihalar taqdimot qilindi. O‘quvchilar o‘zlarining texnologiya, ta’lim, ekologiya hamda ijtimoiy sohalarga oid takliflarini taqdim etib, ularning amaliy ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.
Shahar hokimi yoshlarning tashabbuslari va intilishlarini yuqori baholab, bunday g‘oyalar kelajak taraqqiyoti uchun muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u barcha taqdim etilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini hamda yoshlarning tashabbuslarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘mak berilishini aytib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz









