Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi



Farg‘ona shahar hokimi “Oq ariq” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning uylariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Uchrashuv jarayonida harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning bugungi kundagi hayoti, kelajakdagi rejalari hamda ularning kasb-hunar egallashi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va turli sohalarga jalb etish bo‘yicha taklif va fikrlar almashildi.
Shahar hokimi yoshlarning harbiy xizmat davomida orttirgan tajribasi va intizomi kelajakda jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shu bilan birga, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, doimiy ish bilan ta’minlash masalalari mahalla va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahrida “Sobir buloq” MFY yangi binosi qurilishi bilan tanishildi
“E-AUKSION” — OCHIQ VA SHAFFOF SAVDO TIZIMI: FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi




