Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1682026-01-31 16:02

Sud tizimida sun’iy intellekt orqali islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.

2025 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim hujjat – “Sud faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlov samaradorligini oshirish va sud organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha choralar haqida”gi PF-140-son Farmon imzolangan.

Farmonning asosiy maqsadi – aqlli texnologiyalarni tatbiq etish orqali fuqarolarning sudlarda shaxsan ishtirokini keskin qisqartirish, qog‘ozbozlikni yo‘qotish, inson omilini minimal darajaga tushirish va shu orqali odamlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishdan iborat.
Endilikda yurimizda “Raqamli sud” konsepsiyasi bosqichma-bosqich amalga kiritiladi. Jumladan, konsepsiya dastlab Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilib, barcha raqamli imkoniyatlar sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalarga ko‘ra, 2026-2027 yillarda konsepsiya respublika bo‘ylab joriy etiladi.

Shu bilan birga, murojaatlarni sudga faqat elektron shaklda yuborish va sud ishlarini to‘liq raqamli formatda yuritish tartibi joriy qilinadi. Avval arizalarni shaxsan sud devonxonasiga olib borish talab etilardi, bu esa ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotishga sabab bo‘lardi.
Yana bir katta yangilik – sud jarayonlarida ishtirokchilar sud binosiga kelmasdan, masofadan turib qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avvallari buning uchun faqat sudya ruxsati kerak edi. Endi esa sud xarajatlari elektron usulda hisoblanib, shu yo‘l bilan to‘lanadi. Bu esa korrupsiya holatlarini keskin kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasi boshlanishidan oldin uning taxminiy natijasi va sarflanadigan xarajatlar hisoblanadi. Bu esa fuqarolar va tadbirkorlarga o‘z imkoniyatlarini oldindan baholash imkonini beradi.

Bundan tashqari, sud jarayonidagi barcha materiallar elektron shaklda taqdim etiladi, sud majlislari bayonnomalari real vaqt rejimida avtomatik tarzda matn ko‘rinishida shakllantiriladi. Sud hujjatlari loyihalari ham endi avtomatik ravishda tayyorlanadi.
Oliy sudning “my.sud.uz” interaktiv portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi modul faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Unda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi orqali huquqiy savollarga javob beriladi va sud ma’lumotlari avtomatik taqdim qilinadi.


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi Sh.T.Bozorov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz