Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

632025-10-24 20:00

Farg‘ona shahrida Xitoyning Shandong sanoat zonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077374100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077376490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077377685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077377685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077378880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2104775077380075.jpg

Farg‘ona shahar hokimi Xitoyning Shandong sanoat zonasi rahbari Liu Guangxia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, sement ishlab chiqarish uskunalarini tayyorlash, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, eshik va romlar konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Farg‘ona shahrining sanoat salohiyati, infratuzilma imkoniyatlari hamda investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, Shandong sanoat zonasi vakillari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Shahar hokimi mehmonlarga O’zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, er maydonlarini ajratish tartibi va huquqiy yordam mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz