“Farg‘ona shahar hokimi kubogi – 2025” sport musobaqalarining final bosqichi








“Ustozlarga ehtirom” oyligi munosabati bilan final bellashuvlari — shou darajasida! 🎉
Farg‘ona shahrida “Ustozlarga ehtirom” oyligi munosabati bilan tashkil etilgan “Farg‘ona shahar hokimi kubogi – 2025” sport musobaqalarining final bosqichi yuqori ruh, chiroyli bellashuvlar va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. ⚽️🏐
Bellashuvlar doirasida mini-futbol hamda voleybol sport turlari bo‘yicha final o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi:
Mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 41-maktab jamoasi — 1-o‘rin
🥈 26-maktab jamoasi — 2-o‘rin
🥉 4-maktab jamoasi — 3-o‘rin
Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 67-MTT jamoasi — 1-o‘rin
🥈 13-MTT jamoasi — 2-o‘rin
🥉 52-MTT jamoasi — 3-o‘rin
🏅 Musobaqalarda faol ishtirok etgan murabbiylar va ustozlar alohida nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin — 10 mln so‘m va esdalik sovg‘alar
🥈 2-o‘rin — 7 mln so‘m va esdalik sovg‘alar
🥉 3-o‘rin — 5 mln so‘m va esdalik sovg‘alar
🎊 Final bellashuvlari tom ma’noda shouga aylanib, tomoshabinlar, ishtirokchilar va tashkilotchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
🔰 Shuningdek, futbol bo‘yicha DXX kubogi viloyat bosqichida
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan shahrimizning “Yangi yo‘l” mahallasi jamoasi ham munosib taqdirlandi va shahar hokimligining pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



