Farg‘onada Xitoy investitsiyasi asosida zamonaviy bino-inshootlar barpo etiladi




Farg‘onada Xitoy investitsiyasi asosida zamonaviy bino-inshootlar barpo etiladi. Bu haqida viloyat hokimligida xitoylik investorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma‘lum qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Li Kong boshchiligidagi “Jilin Rongda Group” kompaniyasi delegatsiya a‘zolari bilan uchrashdi va unda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi.
“Jiling Rongda Group” Xitoyning yirik sanoat kompaniyalaridan biri bo‘lib, sanoat, energetika, qurilish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Hozirda 1200 nafardan ziyod xodimlar faoliyat olib boradi.
Viloyat rahbari bilan uchrashuvda kompaniya vakillari Farg‘onada qurilish yo‘nalishidagi loyihalarga katta qiziqish bildirdilar va sarmoya kiritish niyatida ekanliklarini ta‘kidladilar.
Shundan kelib chiqib, viloyat rahbari Farg‘onada ko‘p qavatli, eng zamonaviy hamda barcha qulay shart-sharoitlarga, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan majmualar qurilishi zarurligini qayd etdi. Ishlarni tizimli olib borish va aniq loyiha va reja asosida jarayonlarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi



Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilaridan kutubxonaga kitob sovg‘asi

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi