Farg‘ona tumanida mehr-oqibat va ezgulik iftori tashkil etildi










Farg‘ona tumanida nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, nogironligi bor va ehtiyojmand yurtdoshlar ishtirokida iftorlik marosimi tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, shuningdek, korxona va tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.
Marosim davomida Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o‘tkazilgan iftorlik marosimi jonli efirda, katta ekranda namoyish etildi. Davlatimiz rahbari ushbu marosim oldidan so‘zlagan nutqida ehtiyojmand va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni “Inson qadri uchun“ tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash, milliy urf-odat va an‘analarimizni e‘zozlash, muqaddas dinimiz qadriyatlariga hurmat bilan yondashish kabi muhim jihatlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, yurtimiz tinchligi va farovonligi, ro‘zadorlarning sabr-qanoati va savobli amallari haqida ezgu tilaklar bildirildi.
Farg‘ona tumanidagi iftorlik marosimida ham Qur‘on tilovat qilinib, davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosat, tinch-osuda hayotimiz va ko‘p millatli xalqimiz farovonligi yo‘lida duolar qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi



Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilaridan kutubxonaga kitob sovg‘asi

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi