Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

682026-01-07 16:27

Farg‘ona shahrida kasbiy ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355351780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355352975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355354170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355356560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355357755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355357755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2112503355358950.jpg

Farg‘ona shahrida kasbiy ta’limni rivojlantirish, unda tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish hamda dual ta’lim imkoniyatlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar texnikumlari rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilish Farg‘ona shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar Kengashi doirasida ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Tadbir davomida mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida texnikumlar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, dual ta’lim tizimi asosida o‘qish va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

Xususan, o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayoniga erta jalb etish, amaliyotlarni real ish joylarida o‘tkazish va ularni kelgusida doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyatlari muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan xorijiy investorlar o‘z korxonalariga zarur bo‘lgan mutaxassislar yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, kasbiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu esa xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan tashabbuslar Farg‘ona shahrida kasbiy ta’limni iqtisodiy rivojlanishning muhim drayveriga aylantirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va hudud sanoat salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz