Inson qadri uchun: mehr va saxovat.







O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–330-sonli qarori ijrosi doirasida shahrimizda ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, shahar hokimligi va shahrimizdagi faol tadbirkorlar tomonidan nogironligi bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirkorlardan biri nogironligi bo‘lgan oila farzandi Yusupova Ozodaxon Mashrabjon qiziga barcha sharoitlarga ega, to‘liq ta’mirdan chiqarilgan uy topshirildi.
Uy topshirish marosimida shahar hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'ona shahar hokimining sayyor qabuli o'tkaziladi

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI FARG‘ONADA DAVOM ETMOQDA.


Farg'ona shahrida yangi yil archalari tantanali ochildi.

Davlat mulki ob’ektlarini ijaraga olish tartibi




