Farg‘ona shahrida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” tantanali nishonlandi.








Bugun Farg‘ona shahrida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov, Farg‘ona shahar hokimi, shahar prokurori, Farg‘ona shahar IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi, shuningdek IIB faxriylari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlari xodimlariga samimiy tilaklar bildirib, ularning jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi xizmatlarini yuksak baholadilar.
🎶 Tadbirda xushovoz honandalar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi, bayramona kayfiyat ishtirokchilar qalbini yanada ko‘tarinki etdi.
🏅 Shuningdek, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir qator xodimlar shahar hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida “Yil ayoli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Sen iste’dodlisan” tanlovi g'oliblari aniqlandi.






