Farg‘ona shahar hokimi 41-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.








O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahar hokimi 41-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.
Ushbu tashrif doirasida:
🔹 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlash ishlari,
🔹 o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonlari,
🔹 kelajak sotalarini o‘tish samaradorligi,
🔹 “E-maktab” platformasidan foydalanish holati,
🔹 milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik,
🔹 o‘qituvchilarning malaka toifasi va o‘sish dinamikasi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, maktab hududida joylashgan 63-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham o‘rganilib, bolajonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ta’lim va ketring xizmati bilan tanishildi.
Uchrashuv davomida taklif va tavsiyalar eshitildi, tegishli mas’ullarga vazifalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz