Yuksak e’tirof va mukofot muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan, Farg‘ona shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Mirzayeva Raxima Ochilovna «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi!
Bu mukofot ustozimizning ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati, o‘quvchilarga chuqur bilim berishdagi sa’y-harakatlari hamda ta’lim sohasida ko‘rsatgan namunaviy faoliyatining yuksak e’tirofidir.
Ustozini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yangi yutuqlar tilab qolamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


