Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1382025-09-11 21:44

Farg‘ona shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekologiyani yaxshilash, aholiga qulay yashash muhitini yaratish, shahar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858354355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858374670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858383035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858387815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858396180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2100342858399765.jpg

Xususan, "Yangi asr" ko‘chasida texnik suv olish uchun maxsus quduq qazildi. Mazkur quduq 80 metr chuqurlikda qazilib, unga
100 mm diametrli 20 metr suv tarmog‘i tortib chiqildi. Shu bilan birga, tizimni samarali boshqarish uchun alohida 0,4 kVt quvvatga ega bo‘lgan elektr shit o‘rnatildi.

Yangi quduq orqali olinadigan texnik suv shaharning to‘rtta mahallasi “Barkamol”, “Ibn Sino”, “Navbahor” va “Xo‘jamag‘iz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlaridagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu mahalla xududidagi ariqlar tozalanib, kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz