Farg‘ona shahridagi “Ma’rifat” mahallasida “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” shiori ostida uchrashuv bo’lib o’tdi.








Tadbirning asosiy maqsadi — mahalladagi jinoyatchilikni kamaytirish, aholi o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K. Kavlanova, Farg‘ona viloyati IIB JXX boshlig‘i, podpolkovnik F. Usarov, IIB JXX XPB boshlig‘i o‘rinbosari D. Orinova va Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Xolmatovalar ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, mahallada olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasi va aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirda, “Ma’rifat” mahallasida yashovchi ijtimoiy faol fuqarolar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi

Shahar hokimi “Farg‘ona” mahallasida yoshlar o‘quv markazi qurilishi bilan tanishdi

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.




