Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332025-08-12 17:49

Fargʻona shahrida IT yoʻnalishiga ixtisoslashgan yangi xususiy maktab faoliyatini boshladi!

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097228515627860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097228515632640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097228515635030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097228515637420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097228515639810.jpg

Bugun Fargʻona shahrida axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy maktabning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Yusufjon Yusupov ishtirok etib, ushbu taʼlim maskani yoshlarimizning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis boʻlib yetishishida muhim qadam ekanini taʼkidladi.

Maktabning ochilishi munosabati bilan oʻquvchilar uchun robototexnika va informatika fanlari boʻyicha sinflar kesimida olimpiada tashkil etildi.

Yangi maktabda taʼlim jarayonlari zamonaviy oʻquv laboratoriyalari, yuqori tezlikdagi internet va innovatsion oʻquv metodikalari bilan taʼminlanadi. Bu esa oʻquvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz