Farg‘ona shahridan 23 nafar qizlarimiz talabalikka tavsiya etildi.







🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi 402-sonli qaroriga asosan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat grantlari ajratish hamda tavsiyanoma berish amaliyoti izchil davom etmoqda.
🔹 Joriy yilda Farg‘ona shahrida mazkur tizim doirasida 181 nafar talabgordan onlayn arizalar qabul qilindi, shundan 129 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
🔹 Ushbu imkoniyatlar asosida 23 nafar qiz oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi.
🔹Bugun, Axmad al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat kutubxonasida Farg‘ona shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan talabalikka tavsiya etilgan qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida shahar hokimi nomidan qizlarimizning, bilimga intilishi, faolligi va hayotdagi o‘rni alohida e’tirof etilgan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona–Shinjon-Uyg‘ur munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda