Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

142025-08-14 16:52

Farg‘ona–Shinjon-Uyg‘ur munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097430940267640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097430940268835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097430940268835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2097430940270030.jpg

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev boshchiligidagi viloyat rasmiylari hamda turli sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hamda turoperatorlardan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashg‘ar shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari 15-Markaziy va Janubiy Osiyo xalqaro savdo ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Unda Farg‘ona viloyatining invetitsiyaviy salohiyati taqdimoti o‘tkazilib, mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar amalga oshiriladi.

Tadbirlar davomida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, Farg‘ona viloyatiga investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida hududlararo memorandumlar imzolanishi va o‘zaro manfaatli loyihalar yuzasidan investorlar bilan muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun mazkur uchrashuvlar oldidan amaliy chora-tadbirlar delegatsiya a’zolari ishtirokida yana bir bor kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz