“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi





Farg‘ona shahar 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” V Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 4B-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitobim – oftobim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - yosh avlodning qalbida kitobga mehr uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, bu orqali o‘quvchilarni ijodiy (kreativ) fikrlashga odatlantirish, ezgulik va yuksak ma’naviyat sari yetaklashdan iborat bo‘ldi.
Ushbu jarayonlarda o‘quvchilar o‘zlarining sevimli kitoblaridan parchalar o‘qidilar, sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar, she’r va qo‘shiqlar orqali kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol ifodaladilar.
Tadbir barchada birdek iliq taassurot qoldirib, kitobni do‘st, ustoz va doimiy hamroh sifatida qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi

Shahar hokimi “Farg‘ona” mahallasida yoshlar o‘quv markazi qurilishi bilan tanishdi

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.




