"O‘zbekiston – kitobxonlar yurti": bolalar shoiri Qobiljon Shermatov bilan ijodiy uchrashuv

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” V Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida bolalar shoiri Qobiljon Shermatovning ijodiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona shahridagi 9-maktabning 9-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Kitobsevar o‘quvchilar shoirdan ilhomlanib, uning asarlaridan ruhlanib, jonli muloqot davomida ijodiy jarayon sir-asrorlari va adabiyotga bo‘lgan mehr haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuvda 9-A sinf o‘quvchisi Subxiddinov Dilshux o‘zining ijod namunalarini o‘qib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi. Tadbir ishtirokchilar uchun nafaqat kitob taqdimoti, balki adabiy ilhom manbai bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi

Shahar hokimi “Farg‘ona” mahallasida yoshlar o‘quv markazi qurilishi bilan tanishdi

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.




