Farg‘ona tumanidagi qidiruvdagi “Lacetti 2” topildi

Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa sud tomonidan kredit qarzdorligini garovdagi mulkka qaratish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unga ko‘ra qarzdor V.A.dan undiruvchi “KAPITALBANK” Farg‘ona viloyat filiali foydasiga 160 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish, shuningdek undiruvni qarzdorga tegishli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida garovdagi “Lacetti 2” avtomashinasi ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzildan topilmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv e‘lon qilingan.
Qidiruv ishlari natijasida kredit ta‘minoti sifatida garovga qo‘yilgan “Lacetti 2” rusumli avtomashina topilib, xatlandi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kirildi.
Endilikda, kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.
✍🏻 Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Islomjon Boboxojiev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahar hokimi harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan suxbatlashdi

Shahar hokimi “Farg‘ona” mahallasida yoshlar o‘quv markazi qurilishi bilan tanishdi

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.




