Farg‘ona tumanida qalampir etishtiriladigan issiqxona faoliyati o‘rganildi




Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov «Do‘stlik» MFY hududida 0,7 gektar maydonda tashkil etilgan qalampir etishtiriladigan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida korxona rahbari Shukurjon Raximov bilan suhbat olib borilib, issiqxonada etishtirilayotgan qalampirni eksportga yo‘naltirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda yangi bozorlarni topish, sifat standartlariga rioya qilish hamda logistika masalalarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, issiqxonalarda etishtirilgan qalampir ichki bozor talabini qondirish bilan birga, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun katta salohiyatga ega. So‘nggi yillarda Farg‘ona viloyatida issiqxona xo‘jaliklari kengayib, zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulot etishtirish hajmi oshib bormoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi



Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilaridan kutubxonaga kitob sovg‘asi

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi