Navro‘z bayrami arafasida viloyatimizda yana bir yirik loyihaning qurilishiga kirishildi.





Navro‘z bayrami arafasida viloyatimizda yana bir yirik loyihaning qurilishiga kirishildi. Marg‘ilon shahrida Burhoniddin Marg‘inoniy turizm va ilmiy tadqiqot markazining qurilishiga start berilib, ushbu hududga “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Unda tegishli tashkilot va boshqarmalar mutasaddilari, quruvchilar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, barchani Navro‘z bayrami va muborak Ramazon oyi bilan qutladi. Prezidentimiz g‘oyalari, tashabbuslari bilan ko‘hna Marg‘ilon shahrida Burhoniddin Marg‘inoniy bobomiz nomlari bilan ataladigan ilmiy-amaliy, turizm majmuasining qurilish ishlari boshlanayotganligi, shuningdek, uyg‘un holda yashil park barpo etishga kirishilganligi aytib o‘tildi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida mukammal majmua loyihasi ishlab chiqilganligi, unda moziy va bugungacha bo‘lgan jarayon o‘z ifodasi topayotganligi ma’lum qilindi.
Ushbu majmuaga bobokalonimiz Burhoniddin Marg‘inoniy xotirasi, ilmiy meroslari abadiylashtirish, Farg‘ona tarixida ilm, ijod, san’at bilan shug‘ullangan barcha o‘tmish avlodlarimizni siymosi aks etadigan xiyobonlar barpo qilinishi, zamonaviy hunarmandchilik, savdo-sotiq, turizm markazi qad rostlashi, mehmonxonalar, yirik savdo markazlari, katta fontanlar majmuasi tashkil qilinishi ta’kidlandi. Majmuaga tashrif buyurgan mehmonlar ham Farg‘onani tarixini ko‘rishi, shu bilan birga turizm majmuasida dam olib, hunarmandlar tomonidan yaratilgan ijod mahsullari bilan tanishishi kerakligi qayd etildi.
Viloyat hokimi qurilayotgan inshootlar ekilayotgan daraxtlar bilan uyg‘un holda bo‘lishini ta’kidladi. Yildan yilga "Yashil makon" dasturi ahamiyatini ham tushunib borilayotganligi, boisi insonni ehtiyoji shu kabi yashillikka ortib borayotganligi o‘z aksini topayotganligiga e’tibor qaratdi.
Tadbirdan so‘ng ko‘chat ekish ishlariga kirishildi. Majmuaga qarag‘ay, oq qayin, kaliforniya teraklari, pavloniya ko‘chatlari ekilmoqda. Loyiha doirasida bir million tupga yaqin ko‘chat ekish rejalashtirilgan. 2 mingdan ziyod manzarali daraxtlar shu jumladan, chinor, kashtan, yapon sapurasi, eldar qarag‘ayi, birgin archasi va oq qarag‘ay kabi daraxtlar ekiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahri bo‘ylab yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda!!!



Farg‘ona shahrida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati davom etmoqda

Ijtimoiy ko‘mak sifatida kontrakt pullari to‘lab berildi.