Ijtimoiy ko‘mak sifatida kontrakt pullari to‘lab berildi.




Farg'ona shahrida istiqomat qiluvchi 28 nafar talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘lov kontrakt shartnoma mablag‘lari to‘lab berildi.
Bugun talabalarga sertifikat topshirish tadbirida Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Xolmatova ishtirok etib yoshlarni kelajakda vatanimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishlarini tiladilar.
Eslatib o'tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori talablari bo‘yicha 75 nafar fuqarolardan arizalar kelib tushgan va ularning 28 nafariga tavsiyanoma berilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi



Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilaridan kutubxonaga kitob sovg‘asi

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi