Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4062025-03-20 17:44

Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatrda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z umumxalq bayrami tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264037105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264045470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264046665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264046665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264047860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264050250.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264051445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2082257264053835.jpg

Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatrda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z umumxalq bayrami tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi muhtasham maskanda bo‘lib o‘tgan viloyat tadbirida shahar-tumanlardan, mehnat jamoalaridan vakillar, faollar, yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Dastlab tadbir mehmonlari viloyatimizning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Dor o‘yinlari, sportchilar chiqishlari, teatr jamoalarining tomoshalariga guvoh bo‘ldilar.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, barcha farg‘onaliklarni, viloyatimiz mehmonlarini Navro‘z bayrami bilan qutladi.

Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam yurtimizga, elimizga tinchlik-omonlik, shodlik va farovonlik olib kelishini tiladi.

2025 yilda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilganiga, bu aholi turmush sharoitlarini yaxshilashiga e’tibor qaratdi.

"2025 yil Farg‘ona uchun yuksalish va taraqqyot yili bo‘ladi", - dedi viloyat rahbari.

Navro‘zi olam falsafasi va qadriyatlari bugungi ulug‘vor o‘zgarishlarda o‘z ifodasini topayotganligi alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz boshchiligidagi ulkan islohotlar, xalqimizning o‘z hayotidan roziligi yo‘lidagi yangilanish va o‘zgarishlar barcha vatandoshlarimiz qalbida daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirayotgani ta’kidlandi. So‘nggi sakkiz yil davomida amalga oshirilgan ishlar tarixiy voqea bo‘lgani qayd etildi.

Qo‘shni davlatlar va dunyo mamlakatlari bilan teng va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilayotgani jahon hamjamiyati tomonidan ham yuksak baholanayotganiga urg‘u berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi mahallaning yurtimiz taraqqiyotidagi o‘rniga e’tibor qaratib, tizim vakillarini "Mahalla tizimi xodimlari kuni" bilan muborakbod etdi.

O‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan o‘tgan bayram tadbirida viloyatimizning el suygan san’atkorlari Ilhom Ibrohimov, Qilichbek Tojiyev, Abdulhay Karimov, Muhsin Mo‘minov, Valijon Qodirov, Abdujalil Qo‘qonov, Nodirbek Xolboyev, Jo‘rabek Qodirovlar bilan birga xushovoz xonanda Hamdam Sobirovlar ijrosidagi vatanni, mehr-muhabbatni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli dastur va tomoshalar, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi Navro‘z tadbirlari va xalq sayllari viloyatimiz shahar-tumanlarida, mahallalarda davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz